Foto: portofranko
Koronavirusni boshdan o‘tkazib, himoya niqoblarini taqmay yuradiganlar infeksiyaning eng xavfli tarqatuvchilari hisoblanadi. Bu haqda rossiyalik pulmonolog Aleksandr Karabinenko ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, kasallikdan sog‘ayib ketilgandan keyin ham virus yuqori nafas yo‘llarida qoladi va aynan shu sababli barcha odamlar niqob taqib yurishlari shart.
“Niqob taqmaydiganlar koronavirusning eng faol tarqatuvchilari hisoblanadi. Birinchi navbatda, bundaylar toifasiga bolalar, bir narsani uqdirish qiyin bo‘lgan yoshlar kiradi”, deb ta’kidlab o‘tgan Karabinenko.
Oktabrda AQSHdagi Prinston, Jon Hopkins va Kaliforniya universitetlari olimlari koronavirusning asosiy tarqatuvchilari bolalar va yoshlar hisoblanishini, ular hisobiga koronavirus yuqtirish holatlarining uchdan bir qismi to‘g‘ri kelishini ma’lum qilishgan. Olimlarning ta’kidlashicha, o‘z tengdoshidan virusni oson yuqtirib olish mumkin. Shu sababli bolalar va yoshlar orasida virus yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi