15:33 / 13.11.2020
2 913

Dunyoda koronavirusga qarshi o‘rnatilgan cheklovlar qachondan bekor qilinishi taxmin qilindi

Dunyoda koronavirusga qarshi o‘rnatilgan cheklovlar qachondan bekor qilinishi taxmin qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy hayot uchun joriy etilgan cheklovlar butun dunyoda 2021 yilning o‘rtalariga borib bekor qilina boshlaydi. Bu haqda Oxford Economics tahliliy kompaniyasiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula don der Layenning Parij forumida ma’lum qilishicha, dunyoning turli nuqtalarida iqtisodiy o‘sishning qayta kuzatilishi aholining koronavirusga qarshi umumiy vaksinatsiyasi va immunizatsiyasiga bog‘liq.

«Vaksinatsiyaning kompleks dasturi uzoq oylar davom etadi, bu esa bizning pandemiya sabab joriy etilgan cheklovlar butun dunyoda 2021 yil o‘rtalariga borib yengillashtirilishi borasidagi fikrimizni tasdiqlaydi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Germaniyaning BioNTech biotexnologik kompaniyasi va Amerikaning Pfizer farmatsevtika gigantik koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qilgandi. AQSHda vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish noyabr oyiga mo‘ljallangan.

Ekspertlarning fikricha, agar yana bir nechta vaksinalar paydo bo‘lmasa, dunyo aholisining aksariyati keyingi yilda ham vaksinatsiyadan o‘tmaydi. Pfizer kompaniyasining ma’lum qilishicha, ular 2020 yilning oxiriga qadar 50 million, 2021 yilda esa 1,3 milliard doza vaksina ishlab chiqara oladi.

«Bu 2021 yil oxiriga borib 675 million kishini yoki dunyo aholisining 8 foizini vaksinatsiya qilish uchun yetarli», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi yaratuvchilari uning samaradorligini 92 foiz deb baholagan — bu Pfizer’nikidan 2 foizga ko‘p.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda koronavirusga qarshi o‘rnatilgan cheklovlar qachondan bekor qilinishi taxmin qilindi