Foto: asanradio.az
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuliy va Jabroil shaharlariga tashrif buyurdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Bugun Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ozod qilingan Fuzuliy va Jabroil tumanlariga, xususan Fuzuliy va Jabroil shaharlariga tashrif buyurdi", – deyiladi xabarda.
Shuningdek, YouTube’da prezident korteji Horadiz shahrida ham yurganligi tasvirlangan videolavha joylashtirilgan.
Unda Aliyev avtomobillardan biridan harbiy libosda tushganligi va atrofdagi odamlar bilan salomlashgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 noyabrda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bayonot imzoladi. Unga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, mintaqada rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi