12:52 / 21.11.2020
2 989

Turkiyalik aktrisa Berguzar Korel qanday qilib bir oyda 10 kiloga ozmoqchi ekanligi haqida so‘zlab berdi

Turkiyalik aktrisa Berguzar Korel qanday qilib bir oyda 10 kiloga ozmoqchi ekanligi haqida so‘zlab berdi
Foto: Finans Gündem
«Muhtasham yuz yil» serialida Sulton Sulaymon rolini ijro qilgan mashhur turk aktyori Xalit Ergenchning rafiqasi Berguzar Korel 10 kilo vazn tashlamoqchi bo‘lgan ozish usuli haqida Instagram sahifasida so‘zlab berdi.

Aktrisa deyarli barcha turk seriali yulduzlari amal qiladigan usuldan foydalanmoqchi. Berguzar bu faollik, ratsioniga o‘zgartirish kiritish va ko‘p suv ichish bilan bog‘liqligi haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, u kuniga uch mahal ovqatlanadi, shakar, glyuten iste’mol qilmaydi hamda kechki ovqatni ertaroq tanovul qiladi. Aktrisa ushbu usul qulay hamda zararsiz ekanini aytib, ilojini topsa, bir hafta keyin natija qanday bo‘lgani bilan bo‘lishishini yozib qoldirgan.

Ma’lumot uchun, «1001 kecha» serialidagi rolidan keyin mashhurlikka erishgan aktrisa aynan ushbu serialning suratga olish maydonchasida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan va ular bir-biriga ko‘ngil qo‘yilgan. Keyinroq esa «Muhtasham yuz yil» serialida ham epizodik rol ijro qilishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyalik aktrisa Berguzar Korel qanday qilib bir oyda 10 kiloga ozmoqchi ekanligi haqida so‘zlab berdi