Foto: The Drive
Amerikaning Kolorado shtatida istiqomat qiluvchi fuqaro uyiga qaytayotganida noodatiy «topilma»ga duch keldi. Daryo ustiga qurilgan ko‘prikka qora Nissan Rogue tiqilib qolgan, deb xabar beradi Motor.
Nissan Rogue qanday qilib ko‘prikka chiqib qolgani haligacha tushunarsiz. Shuningdek, krossover haydovchisining taqdiri nima kechgani ham noma’lum. Mahalliy aholining taxminicha, qora Nissan’ning egasi mast holda bo‘lgan va daryo ustidagi tor ko‘prikdan o‘tishga qaror qilgan. Avtomobilning o‘lchamlari to‘siqlar orasidan o‘ta olmasligini tushunib yetganida kech bo‘lgan. Shundan so‘ng haydovchi mashinani tashlab, noma’lum tarafga qarab ketgan.
Mahalliy aholi sodir bo‘lgan holatda norozi, chunki daryo ko‘prigi — ularning ishga yetib olishi uchun yagona yo‘l. Ayni vaqtda tiqilib qolgan krossover evakuatsiya qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)