Foto: Getty Images
Yevropada ikkinchi lokdaunning atrof-muhit uchun ta’siri birinchi lokdaun samarasiga nisbatan ancha kamroq ahamiyat kasb etdi. Bu haqda Financial Times Copernicus monitoring agentligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi, deb yozadi «RBK».
Xususan, avtomobillar, shu jumladan, yuk mashinalari ishlab chiqaradigan azot dioksidi havoda o‘rtacha kamaygan, ba’zi hollarda hatto uning miqdori oshgan.
Sharqiy Angliya universitetining iqlim o‘zgarishlari fani professori Korin Le Kere aytishicha, ikkinchi lokdaun davomida azot dioksidi havoga chiqarilishining kamayishi birinchi lokdaun davrida kuzatilganining taxminan yarmini tashkil etgan. «Bu mashinalar tomonidan bosib o‘tilgan masofa hamda iqtisodiyotning qanchalik darajada falajlangani bilan bevosita bog‘liqdir», — deya aniqlik kiritdi professor.
Bahorgi cheklovlar mobaynida Yevropa shaharlarida havoni ifloslantiruvchi asosiy moddalar miqdori 50 foiz yoki undan ham ko‘proq pasaygan edi. Ammo hozir, masalan, Londonning Marilebon ko‘chasida noyabrda (yanvardagi ma’lumotlarga nisbatan) azot dioksidi ajralib chiqishining kamayishi 21 foizni tashkil etmoqda, mayda esa bu ko‘rsatkich 74 foizga pasaygan edi.
Trafikni kuzatib boruvchi navigatsiya va servislar uchun uskunalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi TomTom kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa shaharlarida harakatning kamayishi umuman yuz bermagan yoki ahamiyatsiz bo‘lgan. Masalan, Berlinda hozir trafik odatdagidan yuqoriroq. Rim, Madrid va Londonda trafik darajasi odatdagi kunlarga nisbatan 30 foizga kamroq bo‘lsa-da, baribir bahordagidan ancha yuqori.
Oktabr oxiri va noyabr boshida Yevropaning ko‘plab mamlakatlari COVID-19’ga chalinganlar soni o‘sishi tufayli cheklovlarni qaytadan joriy qila boshladi. Xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Avstriya, Gretsiya va Polshada karantin joriy qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi