Foto: AP
Olimlar 2020 yil 21 dekabrda quyosh botgandan keyin Yupiter va Saturn sayyoralari o‘rta asrlar vaqtidan beri birinchi marta tungi osmonda bir-biriga minimal masofaga yaqinlashishini aytmoqdalar. Bu haqda Phys.org nashri ma’lum qildi.
Ikki gaz giganti har 20 yil bir-biriga yaqin masofaga keladi. Ammo ular bir-biriga kamdan-kam holatda minimal masofaga yaqinlashadi. Oxirgi marta bunday yaqinlashuv 1226 yil 4 martida yuz bergan. 16-25 dekabr kunlari Yupiter va Saturn o‘rtasidagi masofa Yerdan turib kuzatilganda to‘linoyning beshdan bir qismiga teng bo‘ladi va ikki sayyora go‘yoki qo‘sh sayyoradek ko‘rinadi.
Ekvator aholisi bu hodisani kuzatish uchun eng yaxshi sharoitga ega bo‘ladi, ammo uni ob-havo sharoiti imkon bersa, dunyoning istalgan burchagidan kuzatish mumkin bo‘ladi. Sayyoralar quyosh botgandan bir soat keyin osmonning g‘arbida ko‘rina boshlaydi. Kuzatuvchi qanchalik shimolroqda joylashgan bo‘lsa, sayyoralar ufq ortiga ketmasidan unda ushbu hodisani kuzatish uchun shunchalik kamroq vaqt bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sayyoralar keyingi safar 2080 yil 15 martda, so‘ngra 2400 yildagina yana bir-biriga yaqin keladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi