3 930
Afg‘onistondagi qotilliklar fosh bo‘lgach avstraliyalik 9 nafar harbiy o‘z joniga qasd qildi
Foto: Australian Department of Defence
Terrorizmga qarshi kurash davrida Afg‘onistonda Avstraliya armiyasi tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tasdiqlovchi dalillar chop etilgach avstraliyalik to‘qqiz nafar harbiy xizmatchi o‘z joniga qasd qildi, deya xabar berdi «Daily Mail».
O‘tgan hafta Avstraliya harbiy kuchlari qo‘mondoni Angus Kempbell 2005 yildan 2016 yilgacha Afg‘onistonda avstraliyalik maxsus kuchlar tomonidan sodir etilgan 39 qotillik va ikkita asossiz shafqatsiz munosabatlarni o‘z ichiga olgan ma’ruzani chop etdi. Qurbonlar orasida mahalliy askarlar ham, tinch aholi ham bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, avstraliyalik harbiy xizmatchilar qotilliklarini oqlash uchun har ehtimolga qarshi asirlarga qurol tashlab qo‘yishgan.
Avstraliya harbiy kuchlari qo‘mondoni ma’ruzasini o‘qish chog‘ida Avstraliya armiyasining harbiy jinoyatlari uchun Afg‘onistondan uzr so‘ragan. U qurbon bo‘lganlarning oilalariga tovon puli to‘lash zarurligini aytib, qotilliklar va asossiz shafqatsizliklar bilan bog‘liq 36 ta holat bo‘yicha qo‘shimcha jinoiy tekshiruvlar o‘tkazishni tavsiya etdi.
Ma’ruza chop etilgach oxirgi uch hafta ichida to‘qqiz nafar avstraliyalik harbiy o‘z joniga qasd qilgan. Ular orasida sakkizta erkak va bitta ayol bor. Hozircha ularning isbotlangan jinoyatlarga aloqadorligi haqida hech nima ma’lum emas, biroq mutaxassis armiyada o‘z joniga qasd qilishlar ma’ruza bilan bog‘liqligini istisno qilishmayapti.
Avvalroq ma’ruzadagi ma’lumotlar 400 nafar guvohning ko‘rsatmalariga asoslangani to‘g‘risida xabar bergandik.
Bundan tashqari, ekspertlar o‘sha davrga taalluqli 20 mingdan ziyod hujjat va 25 mingdan ziyod fotosuratni o‘rganib chiqishdi.
Ushbu holat ma’lum bo‘lgach, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi