3 024
Xitoylik maktab o‘quvchisi dunyodagi eng baland bo‘yli o‘smir sifatida tan olindi (video)
Foto: Guinness World Records
Bo‘yi 221 santimetrga teng xitoylik maktab o‘quvchisi Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan «dunyodagi eng baland bo‘yli o‘smir» deya tan olindi. Bu haqda Guinness World Records saytida xabar berildi.
2020 yilning oktabrida Ginnesning rekordlar kitobi qoshidagi qo‘mita ekspertlari 14 yoshli yigitning bo‘yini bir necha bor yotgan va turgan holda o‘lchagan.
Jenya Keyuya ismli o‘smir bo‘yining g‘ayrioddiy balandligi biror kasalikka bog‘liq emas. Bolakay bog‘chaga borganida bo‘yi 1,5 metr bo‘lgan va uni doim maktab o‘quvchisi deb hisoblashgan. Bolaning ota-onasi uni bir necha bor shifokorlarga olib borgan, avvaliga uni gigantizmda gumon qilishgan, biroq ko‘plab tadqiqot natijalari unda hech qanday kasallik yo‘qligini ko‘rsatgan. O‘smir bo‘yining balandligi uning geniga bog‘liq: yigitning ota-onasi, shuningdek, deyarli barcha bobo-buvilarining bo‘yi 180 santimetrdan baland.
Xitoylik muntazam o‘sishni davom etayotgani sabab unga yangi parta va stullarni buyurtma qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Kiyim-kechaklar ham buyurtma asosida tikiladi. U ko‘pincha jamoat transportida noqulay vaziyatga tushib qoladi va tez-tez boshini eshik romiga urib oladi.
O‘smir bo‘yining balandligidan biroz xavotirda, chunki Xitoyda baland bo‘yli insonlar tor fikrlaydi deb hisoblanadi. Ammo yigitcha maktabda a’loga o‘qib, bunday emasligini isbotlamoqda. Bo‘yining balandligiga qaramay, u basketbol bilan shug‘ullanmaydi. Keyuya kitob o‘qish va videoo‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘radi.
Bundan oldingi rekord amerikalik Kevin Bredfordga tegishli edi, 16 yoshida uning bo‘yi 216 santimetrni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi