Foto: Oq uy
AQSH prezidenti Donald Tramp Shukronalik kuni arafasida an’anaviy ravishda bir juft kurkani afv etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Marosim Pushti bog‘da bo‘lib o‘tgan. Unda prezidentning rafiqasi va farzandlari ishtirok etgan. 2020 yilda qo‘yib yuborilgan parrandalarning laqabi — Corn va Cob («Bodroq» va «So‘ta»).
«Yopiq ovoz berish jarayoni natijasiga ko‘ra amerikaliklar og‘irligi 19 kilogramm keladigan ayovalik ‘Bodroq’ni yil laureati sifatida tanladi», — deyiladi xabarda.
Amerika prezidentiga Shukronalik kunida kurkani olib kelish an’anasi 1940 yillarda boshlangan. O‘shanda Kurkalar milliy federatsiyasi asoschisi Charlz Uompler mamlakatning 33-prezidenti Garri Trumenga parranda sovg‘a qilgan. Biroq ularni afv etish odati 1989 yilda, katta Jorj Bush hayvonlarni himoya qiluvchi faollar talabini inobatga olgan holda birinchi bor rasman qushni afv etganidan so‘ng boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda AQSH prezidenti Bred va Batter (ingliz tilida «non» va «saryog‘») nomlari berilgan ikki kurkani qo‘yib yuborgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi