5 433
Daniyada koronavirus mutatsiyasi tufayli o‘ldirib, ko‘mib tashlangan qorako‘zanlar «qabrdan bosh ko‘tardi»
Foto: The Guardian
Daniyada koronavirusning mutatsiyalangan versiyasi qorako‘zanlarda aniqlanganidan so‘ng virusni yuqtirgan barcha hayvonlar 2020 yilning noyabr oyi o‘rtalarida o‘ldirilgan edi.
Qorako‘zanlar tanasi ko‘milgan, ammo unchalik ham chuqurga emas. Chirish jarayonida gazlar ajralgan, shu tufayli o‘limtiklar yer yuzasiga chiqib qolgan, deb yozadi The Guardian.
Bir necha ming qorako‘zanlar harbiy poligonda 1 metr chuqurlikdagi «ommaviy qabr»ga ko‘milgan.
«Hayvonlarning chirishi natijasida gaz paydo bo‘lishi mumkin. Bu ularning hajman kengayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham eng yomon holatlarda qorako‘zanlar tanasi yerdan siqib chiqariladi», − deydi Milliy politsiya vakili Tomas Kristensen.
Politsiya buni tabiiy jarayonligi va qabrlarni ko‘proq tuproq bilan qoplash kerakligini ta’kidladi, chunki G‘arbiy Yutlandiyaning tuprog‘i juda yengil.
Daniya Atrof muhit vazirligi ushbu hodisani «chirish bilan bog‘liq vaqtinchalik muammo» deb atadi. Hayvonlar va insonlar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun hudud panjara o‘rnatilgunga qadar 24 soat davomida nazorat qilinadi.
Kristensenning so‘zlariga ko‘ra, chirigan jonzotlarning tanasi insonlar uchun xavfli emas, ular dafn etilguncha dezinfeksiya qilingan va ohak bilan qoplangan. Virus esa asosan havodan nafas oladigan qorako‘zanlar orqali yuqishi mumkin.
Shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qorako‘zanlar ko‘llar va yerosti suvlariga yaqin joyga ko‘milgan bo‘lishi ham mumkin. Bu esa oqava va ichimlik suvlarining ifloslanishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi