4 473
Amerikalik shifokor koronavirusdan vafot etayotgan bemor ko‘ziga so‘nggi daqiqalarda nimalar ko‘rinishini aytdi
Foto: Live 24.ru
Sent-Luisda joylashgan Vashington universitetining tibbiyot markazi shifokori Twitter sahifasiga, COVID-19 oqibatida vafot etayotgan bemorlar hayotining so‘nggi daqiqalarida nimani ko‘rishi muhrlangan video joyladi. 100 mingtadan ko‘p tomosha qilingan videoga minglab layk bosilgan.
Himoya vositalariga amal qilgan holda kiyingan Kennet Remi kishini xavotirga soladigan murojaatida koronavirusdan vafot etayotgan bemor o‘limidan avval faqatgina shifokorning yuzi va tibbiy anjomlarni ko‘rishini aytib o‘tgan.
Please listen as this is dire. I don’t want to be the last person that looks in your frightened eyes. #MaskUp @DrKenRemy1 @WUSTLmed pic.twitter.com/qwb4eERlfE
— Kenneth E. Remy, MD, MHSc, FCCM (@DrKenRemy1) November 21, 2020
Uning aytishicha bunday bemor daqiqasiga 40 marta chastota bilan nafas oladi, qonning kislorodga to‘yinganlik darajasi 80 foizdan pastga tushib ketadi. Jamoat joylarida niqob taqib yurmaslik, ijtimoiy masofaga amal qilmaslik va qo‘llarni doimiy ravishda yuvmaslik oqibati shunday yakun topishi mumkinligi haqida gapirgan shifokor odamlarni uning so‘zlarini jiddiy qabul qilish va befarq bo‘lmaslikka chaqirgan.
«Men sizning qo‘rquvli nigohlaringizga qaragan oxirgi inson bo‘lishni xohlamayman», — deb yozib qoldirgan Remi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi