Argentinaliklar Maradona tasvirlangan pul chiqarishmoqchi

Argentinaliklar Maradona tasvirlangan pul chiqarishmoqchi
Foto: «Twitter»
Argentinalik muxlislar afsonaviy Diyego Maradonaning rasmi 10 ming pesolik pullarda zarb etilishini so‘rashmoqda.
«Change.org» saytida 1 dekabrga o‘tar kechasi joylashtirilgan ushbu petitsiya shu paytgacha 15 mingdan ziyod ovoz to‘pladi.

Fanatlar hatto pul qanaqa ko‘rinishda bo‘lishini ham qoralab qo‘yishgan: Maradona surati bor 10 mingtaliklarni tayyorlashda havorangga urg‘u beriladi.

Ayni paytda Argentinadagi eng katta qog‘oz pul — 1000 peso.
Futbol afsonasi Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida olamdan ko‘z yumgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar