
Foto: «Global Look Press/Xinhua»
Xitoyning «Chan’e-5» apparati 1 dekabr kuni tuproq namunalari va ma’lumotlar to‘plash uchun Oyning belgilangan hududiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) xabar berdi. Ta’kidlanishicha, zond Oyning ko‘rinadigan tomoniga qo‘ndirilgan.
24 noyabr kuni Xitoyning «Chanchjen-5» raketasi ortga qaytuvchi «Chan’e-5» apparati bilan Xaynan orolidagi kosmodromdan uchirilgandi.
Apparat Oydagi tuproq namunalarini to‘plagach, ularni olib Yerga qaytishi kerak. Missiya 23 kunga mo‘ljallangan.
Apparat Yerga 2 kilocha regolit olib kelishi kutilmoqda. Operatsiya muvaffaqiyatli chiqsa, Xitoy Sobiq Ittifoq va AQShdan so‘ng bunday missiyani amalga oshirgan uchinchi mamlakatga aylanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar