Foto: «RIA»
Bronxial astmadan qiynalayotgan odamlarda koronavirusga chalinish xavfi kamroq, deyiladi isroillik olimlarning «ScienceDirect» portalida e’lon qilingan tadqiqotida. Tadqiqot mualliflaridan biri, doktor Yujin Merzonning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislarning xulosasini izohlaydigan uchta faraz mavjud.
Birinchidan, nafas olish yo‘lidagi allergiya SARS-CoV-2 hujayraga kirish nuqtasi sifatida foydalanadigan angiotenzinga o‘zgaruvchi ferment 2 (ASE2)ning sezilarli darajada kamayishi bilan bog‘liq.
Ikkinchidan, astmadan qiynaluvchi aksariyat bemorlar ingalyatsion kortikosteroidlardan foydalanishadi: bu koronavirus replikatsiyasini kamaytirishi mumkin.
Olimlar bunday bemorlarda ijtimoiy omil ham ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashmoqda.
«Ular katta ehtimol bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, gigiyena qoidalaridan iborat yo‘riqnomasiga amal qilishadi», — deya izohlaydi Merzon.
Shifokorlarning fikricha, tadqiqot oldindan kasalligi mavjud bo‘lgan aholining muayyan guruhlari uchun alohida tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)