Foto: Financial Times
Financial Times gazetasi va McKinsey konsalting kompaniyasi Sara Frayerning «Filtrsiz: Instagram’ning insayderlik tarixi» kitobini 2020 yilning eng yaxshi biznes-kitobi deb topdi. G‘olib 30 ming funt, qisqa ro‘yxatdan o‘rin olgan boshqa kitoblarning mualliflari esa 10 ming funtdan mukofot puli oladi.
Bloomberg jurnalisti Sara Frayer o‘z kitobida Instagram’ning yaratilishi va evolyutsiyasi haqida, shuningdek, Facebook 2012 yilda 1 milliard dollarga startapni sotib olib, Kremniy vodiysini qanday qilib shok holatga tushirgani haqida yozgan.
Financial Times muharriri va hakamlar hay’ati raisi Rula Xalaf «Filtrsiz» kitobi haqida gapirar ekan, u hozirgi kunning «juda muhim» ikkita masalasiga to‘xtatilib o‘tishini aytgan: «Yirik texnologik kompaniyalar maydaroq raqiblariga qanday munosabatda bo‘ladi?» va «Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlaydigan kompaniyalar yangi avlod hayotini qanday qilib o‘zgartirmoqda?».
McKinsey boshqaruv hamkori Kevin Snider Frayerning kitobini «startap-fenomen qanday qilib davr madaniy ruhining bir qismiga aylagani haqida so‘zlovchi jozibali saga» deb atagan.
2020 yilda qisqa ro‘yxatga kirgan beshta kitobning har bir muallifi 10 ming funtdan olgan:
- Angus Diton va Enn Keysning barbod bo‘lgan Amerika orzusi haqidagi «Umidsizlik va kelajak kapitalizmidan o‘lim»;
- Rid Xasting va Erin Meyer Netflix qanday qilib sayyoradagi eng mashhur va ta’sir doirasi keng kompaniyaga aylangani haqida so‘zlovchi «Qoidalarsiz» kitobi;
- «Kapitalizmni qayta ko‘rib chiqish: biznes qanday qilib dunyoni qutqarib qolishi haqida» (Rebekka Xenderson);
- «Simulmatics korporatsiyasi qanday qilib kelajakni ixtiro qildi» (Jill Lepor);
- «Ishsiz dunyo» (Deniel Sasskind).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi