Foto: Rossiya sanoat va savdo vazirligi
Rossiya tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonga yetkazildi. Uning namunalarini Toshkentga Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov olib kelgan, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
«O‘zbekiston tomoniga ro‘yxatdan o‘tkazish va mamlakat hududida vaksinalar ishlab chiqarish sanoatini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan sinovlarni o‘tkazish maqsadida namunalar topshirildi», — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi sentyabr oyida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) O‘zbekistonning LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi bilan mamlakatga 35 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgandi. Keyinroq LAXISAM yetkazib berish bo‘yicha respublikaning nazorat qiluvchi organlari bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilayotganini bildirgan.
Noyabr oxirida esa sog‘liqni saqlash vaziri 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshlarida O‘zbekiston «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlariga kirishishni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi