14:49 / 05.12.2020
2 723

Menni Pakyao 2022 yilda Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

Menni Pakyao 2022 yilda Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha Jahon chempioni va senator Menni Pakyao «FDP-Laban» (Filippin demokratik partiyasi — xalq kuchi) partiyasi yetakchisiga aylandi, deya xabar qilmoqda Fight News.

41 yoshli Pakyao 2016 yildan buyon senator hisoblanadi. Filippinning hozirgi prezidenti Rodrigo Duterte ham aynan shu partiya a’zosi hisoblanadi. Pakyao 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surishi kutilmoqda.

Avvalroq bu borada xabarlar tarqalgan, biroq bokschining o‘zi bu ma’lumotlarni inkor etgandi. Pakyao professional ringda 69 ta jang o‘tkazib, 62 marta g‘alaba qozongan (39 nokaut), 7 marta mag‘lubiyatga uchragan va ikki bor durang qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Menni Pakyao 2022 yilda Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi