14:00 / 06.12.2020
2 332

Tramp kelayotgan haftadan AQShda koronavirusga qarshi emlash boshlanishini e’lon qildi

Tramp kelayotgan haftadan AQShda koronavirusga qarshi emlash boshlanishini e’lon qildi
Foto: Spencer Platt
AQShda koronavirusga qarshi emlash kelayotgan haftadan boshlanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtatida tarafdorlari oldidagi nutqida e’lon qildi.

Emlash kelasi haftadan boshlanadi, biz emlashni boshlaymiz”, deb e’lon qilgan Tramp. Avvalroq Moderna hamda Pfizer va BioNTech kompaniyalari o‘z vaksinalarining AQShda qo‘llanishi ma’qullanishi uchun mutasaddi idoralarga ariza topshirgandi.

Tramp Jorjiyadagi nutqi davomida demokratlarni prezident saylovlarida tovlamachiliklar sodir etganlikda navbatdagi marta aybladi va saylovlar “toza” o‘tganiga ishonchi komil bo‘lganda, allaqachon mag‘lubiyatini tan olgan bo‘lishini aytgan. “Agar men yutqazganimda, o‘zimni mag‘lubiyatga uchragan deb tan olardim. Men Floridaga ketib, hech narsa haqida qayg‘urmay, sayr qilib yurgan va o‘zimga “yaxshi ishlading” deb aytgan bo‘lardim. Biroq ular (demokratlar) o‘g‘irlasa, aldasa va tovlamachilik qilsa, mag‘lubiyatni tan olmaslik kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

AQSh prezidenti, shuningdek, demokratlarni AQShda kommunizm qurishni istayotganlikda ayblagan. “Sotsializm bu odamlar uchun faqat boshlanishi. So‘ngra ular bu yerda boshqaruvning kommunistik shaklini o‘rnatishga urinib ko‘radilar”, deb aytgan Tramp va barcha tarafdorlarini Jorjiyadan senatga saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodlariga ovoz berishga chaqirgan.

Ayni vaqtda Tramp shtabi bir nechta shtatlarda saylovlar natijalari bo‘yicha da’volashmoqda. Bir qator shtatlar ovozlarni qayta hisoblab chiqib, Trampning mag‘lubiyatini va Jo Baydenning g‘alabasini tasdiqladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp jamoasi sudlarga da’vo arizalarini topshirish va ovoz byulletenlarini qayta hisoblab chiqish uchun 9 mlndan ko‘proq mablag‘ sarflab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp kelayotgan haftadan AQShda koronavirusga qarshi emlash boshlanishini e’lon qildi