12:42 / 09.12.2020
5 512

AQSh inauguratsiya qo‘mitasi Jo Baydenni saylangan prezident deb tan olmadi

AQSh inauguratsiya qo‘mitasi Jo Baydenni saylangan prezident deb tan olmadi
Foto: Shutterstock
AQSh kongressining inauguratsiya qo‘mitasi Jo Bayden AQShning saylangan prezidenti deb tan olinuvchi rezolyutsiyani qabul qilmadi. Bu qaror amaldagi prezident Donald Tramp prezident saylovlari natijalarini tan olishdan bosh tortayotgani ortida qabul qilingan.

8 dekabrda kongressdagi yetakchi respublikachi yetakchilar 20 yanvardagi inauguratsiya Baydenni prezident lavozimiga kirishishiga olib kelishini tan oluvchi rezolyutsiyani rad etishgan. Bu qaror Trampning prezident saylovlari natijalarini tan olmayotgani sababli qabul qilingan, deb xabar berdi Forbes nashri.

Kongressning vakillar palatasidagi ko‘pchilik yetakchisi Steni Xoyerning bayonotiga ko‘ra, rezolyutsiyaning qabul qilinishini 3 nafar demokrat qo‘llab-quvvatlagan, 3 nafar respublikachi qarshi chiqqan. Hujjatning qabul qilinishi uchun esa kamida 4 ovoz talab etilgan. Shu tariqa, ushbu qaror kongressga Baydenning prezident lavozimiga kirishishi jarayoniga tayyorgarlikni boshlash vakolatini bermaydi.

Rezolyutsiya senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell, respublikachi Roy Blant va vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti tomonidan rad etilgan. Hujjatning qabul qilinishini vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Steni Xoyer, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va senator Emi Klobuchar ma’qullagan.

Saylovlar g‘olibi 14 dekabrda saylovchilar hay’ati yig‘ilishida tasdiqlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh inauguratsiya qo‘mitasi Jo Baydenni saylangan prezident deb tan olmadi