18:02 / 09.12.2020
3 803

Nyu-Yorkda ikki bolakay oilaviy Range Rover’ni minib qochib, 160 km yo‘l bosdi

Nyu-Yorkda ikki bolakay oilaviy Range Rover’ni minib qochib, 160 km yo‘l bosdi
Foto: Motor
Nyu-Yorkda 12 yoshli maktab o‘quvchisi 7 yoshli amakivachchasi bilan ota-onasiga tegishli Range Rover’ini haydab qochdi. Yosh qoidabuzarlar uyidan 160 kilometr uzoqlikda, qo‘shni shtat chegarasida yegulik sotib olishga uringan vaqtida ushlangan, deb xabar beradi Motor.

Ota-ona farzandlari yo‘qolib qolganini tonggi soat 10:00 larda payqab qolgan. Kuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan videoda yaqinda 12 yoshga to‘lgan o‘g‘li Range Rover ruliga o‘tirib, 7 yoshli amakivachchasini esa yo‘lovchi o‘rindig‘iga chiqarib, mashinani haydab ketgani tasvirlangan.

Politsiya xodimlar olib qochilgan yo‘ltanlamasda tezda topishga muvaffaq bo‘lgan. Huquq-tartibot xodimlarining mashinani to‘xtatish borasidagi talabiga bolakay e’tibor qaratmagan. Politsiyachilar bolalarni kuzatishni davom etgan, biroq 12 yoshli haydovchini qo‘rqitib yuborishlari mumkinligi sabab ta’qibni to‘xtatgan.

Bir necha soat o‘tgach, bolalarning qorni ochgan va ular pechene sotib olish uchun qo‘shni shtat chegarasi yaqinidagi do‘konda to‘xtagan. Ma’lum bo‘lishicha, bolalarning yonida ota-onasining kredit kartasi ham bo‘lib, ular karta yordamida supermarketda xaridni amalga oshirmoqchi boo‘lgan. Aka-uka zudlik bilan qo‘lga olingan va uylariga olib borilgan. Biroq politsiyachilar 12 yoshli bolakay 160 kilometr yo‘l bosib, birorta ham YTH sodir etmaganidan hayratga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda ikki bolakay oilaviy Range Rover’ni minib qochib, 160 km yo‘l bosdi