20:22 / 14.12.2020
3 005

Olimlar koronavirusga chalingan odamlarda organizmga hujum qiluvchi antitanalarni aniqladi

Olimlar koronavirusga chalingan odamlarda organizmga hujum qiluvchi antitanalarni aniqladi
Foto: Getty Images
AQSHning Yel universiteti olimlari koronavirusga chalingan bemorlarda COVID-19’ga emas, organlarga, to‘qimalarga va immun tizimiga qarshi qaratilgan antitanalarni aniqladi, deb yozadi «Kommersant’». Organizmda qanchalik ko‘p autoagressiv antitanalar aniqlansa, kasallik shunchalik og‘ir kechgan.

Oddiy antitanalar oqsillarning yuzasiga yopishib olib, viruslarni bloklaydi. Autoantitanalar esa noto‘g‘ri shaklda bo‘lib, ular oqsillar bilan odam hujayralarida birikadi. Ba’zi bemorlarda autoantitanalar koronavirusga chalinishdan oldinroq aniqlangan, boshqalarida ular kasallikdan keyin paydo bo‘lgan.

Olimlar qayd etishicha, virusli infeksiyalarning autoimmun reaksiyalar chaqirish xususiyati kam o‘rganilgan. Shu bilan birga, revmatoid artrit, volchanka (teri silining bir turi) va parishonxotir skleroz immun tizimining organizmga hujumi oqibatida kelib chiqishi ma’lum.

Tadqiqotchilar fikricha, autoantitanalar kasallik oqibatlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi va salomatlik bilan bog‘liq uzoq muddatli muammolarga olib kelishi mumkin. Ular sog‘aygandan keyin organizmda uzoq vaqt saqlanib qolishga qodir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusga chalingan odamlarda organizmga hujum qiluvchi antitanalarni aniqladi