
Foto: Lui Siu Wai / Xinhua / Zuma / Global Look Press
ECA International konsalting kompaniyasi yashash uchun eng qimmat shaharlar nomini e’lon qildi. Reytingda eng yuqori o‘rinni Hongkong (Xitoy) egalladi.
Yuqori beshlikdan shuningdek, Tokio (Yaponiya), Nyu-York (AQSH), Jeneva (Shveysariya) va Syurix (Shveysariya) joy oldi.
Ulardan keyingi o‘rinlarga London (Buyuk Britaniya), Tel-Aviv (Isroil), Seul (Koreya), San-Fransisko (AQSH) va Yokohama (Yaponiya) joylashdi.
Avvalroq InterNations kompaniyasi e’lon qilgan Expat Insider 2020 hisobotida emigrantlar yashashi uchun eng yaxshi shaharlar nomi ma’lum qilingandi.
Ro‘yxatda eng yuqori o‘rinlarni Valensiya, Alikante va Lissabon shaharlari egallagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar