«Rus mafiyasi» a’zolaridan olingan ashyoviy dalillar.
Foto: Ispaniya milliy politsiyasi
Ispaniyada jinoiy tarmoqqa qarshi so‘nggi 10 yildagi eng katta operatsiya o‘tkazildi. «Rus mafiyasi»ga qarshi qaratilgan ushbu amaliyotda 23 kishi, jumladan, 8 nafar rossiyalik qo‘lga olingan, deya xabar bermoqda Ispaniyaning ABC nashri.
La mafia rusa tenía en Alicante una red clientelar de agentes, funcionarios y ediles https://t.co/ogqwvmF6qv Por @cruzmorcillo y @pablomunozabc
— ABC.es (@abc_es) December 17, 2020
Politsiya Alikante, Madrid, Tarragona va Ibitsada 18 ta tintuv o‘tkazib, jinoyatchilarga tegishli qurollar, $300 mingdan ziyod naqd pul, brilliantlar va 16 ta avtomobilni ashyoviy dalil sifatida qo‘lga kiritgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik shaxslar noqonuniy yuridik amaliyotlar, pullarni «yuvish» hamda odamlarni jinoiy guruhga jalb etishda gumon qilinyapti.
Ispan nashri qo‘lga olingan rossiyaliklardan to‘rt nafarining shaxsini ochiqladi. Ulardan biri — tadbirkor va yurist Aleksey Shirokov. Shirokov yuridik ta’limni Ispaniyada olgan, siyosiy doiralarda lobbist bo‘lgan. Tintuv davomida uning ham qurollari chiqqan. Shirokov ushbu ishga daxldor figurantlarga yuridik xizmatlar ko‘rsatib kelgan. Nashr bu figurantlarning faqat familiyalarini keltirdi: Mityurev — jinoiy tarmoqqa mijozlarni jalb etish bilan shug‘ullangan; Hakimov — pullarni yuvish bilan mashg‘ul bo‘lgan; Jijin — rosiyalik jinoyatchilarga pullarini chet elda yuvish uchun «tijoriy soyabon» yaratgan.
Shuningdek, muntazam Ispaniyaga kelib-ketib turgan, «rus mafiyasi» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador, qurol, narkotiklar, odam savdosi bilan shug‘ullanishda gumon qilinayotgan Danilov familiyali kimsa haqida nashrda so‘z boradi. Danilov hozircha hibsga olingan emas.
OAV talqiniga ko‘ra, siyosatchilarni sotib olish, tungi klublar va yerlarni xarid qilish, xorijda jinoiy faoliyat ortidan kelgan pullarni yuvishni «rus mafiyasi» ishiga daxldor ushbu shaxslar o‘zlariga kasb qilib olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”