Foto: «Verona09.ru»
Yapon olimlari koronavirus infeksiyasining og‘ir kechayotganini qanday bilish mumkinligini tushuntirdilar. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida paydo bo‘ldi.
Aniqlanishicha, bemorning ahvoli qonidagi RNK virusi miqdoriga bog‘liq. Burun-halqumdan sinama olib, PZR-test o‘tkazilganda shifokorlar organizmda COVID-19 borligini aniqlashi mumkin. Kasallik alomatlari paydo bo‘lgandan keyin bir necha kun davomida yuklama yuqori bo‘ladi. 2-3 hafta o‘tgach, u pasayadi va infeksiyani aniqlash qiyinlashadi.
Toyama universiteti va Toyama sog‘liqni saqlash instituti tadqiqotchilarining ma’lumot qilishicha, kasallik kechishi to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun burun-halqumdagi emas, aynan qondagi virusga e’tibor qaratish kerak. Ular 56 nafar bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib, qon tahlili bilan PZR testlarining natijalarini taqqoslab chiqdilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ahvoli og‘ir deb baholangan barcha bemorlarning qonida virusning RNKsi kuzatilgan, og‘ir ahvolda bo‘lgan odamlarda u 50%, o‘rtacha holatlarda 4% qayd etilgan, yengil va alomatsiz hollarda esa umuman kuzatilmagan.
Olimlarning ta’kidlashicha, qon tekshiruvi har bir bemor uchun eng maqbul muolajani tanlashga, o‘ta og‘ir holatlarda esa bemorning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Shu munosabat bilan mutaxassislar ushbu tadqiqot odatdagi PZR testlaridan tashqari amalga oshirilishini maslahat berishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?