16:43 / 24.12.2020
2 384

Beva qolgan ikki pingvinning surati xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Beva qolgan ikki pingvinning surati xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi
Foto: Instagram / @TobiasVisuals
Melburndagi okean qirg‘og‘ida yonma-yon turgan ikki beva pingvinning surati Ocean Photograph Awards 2020 mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Ma’lum qilinishicha, suratkash Tobias Baumgertner internet foydalanuvchilarining ko‘ngilidan joy olgan va unga mashhurlik keltirgan surati uchun mukofotning Community Choise Award nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan.

«Bu kabi mukofotga loyiq ko‘rilish men uchun ulkan sharaf, qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Million ovoz uchun rahmat, yigitlar, siz eng yaxshisiz!», — debydi Tobias.

Ta’kidlanishicha, ushbu surat 2019 yilda olingan, biroq oradan bir yil o‘tgachgina e’lon qilingan. Erkak uch kun pingvinlar koloniyasida yashab, qushlarni diqqat bilan kuzatgan. Oq pingvin — urg‘ochi bo‘lib, o‘z juftidan ayrilgan. Qorasi — nar, u ham yolg‘iz qolgan. Bu haqda suratkashga volontyorlardan biri so‘zlab bergan.
Melburndagi okean qirg‘og‘ida yonma-yon turgan ikki beva pingvinning surati Ocean Photograph Awards 2020 mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Tengrinews.
[media=https://www.instagram.com/p/CHsfIvzhDgp/?utm_source=ig_embed]
«Endilikda ular bir-birini ovutish maqsadida tez-tez uchrashib turibdi. Ular bir necha soat yonma-yon turib, shaharning raqsga tushayotgan chiroqlarini tomosha qiladi», — deb yozadi suratkash o‘zining Instagram’dagi sahifasiga.

Surat joylashtirilgan birgina tvit 160 ming layk va 51 mingta izoh yiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Beva qolgan ikki pingvinning surati xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi