12:43 / 25.12.2020
1 103

Myanmadagi qahrabo bo‘lagi ichidan fanga noma’lum gul topildi

Myanmadagi qahrabo bo‘lagi ichidan fanga noma’lum gul topildi
Foto: OSU
Myanmadagi qahrabo qazib olinadigan kondan topilgan qatron bo‘lagi ichida fanga noma’lum gul topildi. Topilma Bo‘r davridagi gulli o‘simliklarning Valviloculus turiga kiritilgan, navi esa pleristaminis, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

«Gul qatronga, taxminan, 100 million yil oldin, Gondvana superqit’asida tushib qolgan. U ikki xil jinsli gullarning bir qismi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Topilgan gul changlatuvchi bo‘lib, u ellikka yaqin chang naychalariga ega. Ularning har biri changlatgich va ingichka ipdan iborat», — deydi olimlar.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, gul o‘lchami bo‘ylamasiga ikki millimetrni tashkil etadi va oltita tuxumsimon gulosti barglariga ega.

«Mitti gulning topilishi qadimgi geologik jarayonlar haqida yaxshiroq ma’lumotga ega bo‘lishga yordam berishi mumkin», — deb hisoblaydi mutaxassislar. Gap shundaki, olimlar Gondvananing parchalanishini turlicha hisoblaydi, uning natijasida hozirda Myanma joylashgan plita hosil bo‘lgan. Oradagi farq jiddiy: 200 milliondan 500 million yilga qadar.

Biologlarning hisoblashicha, gulli o‘simliklar 100 million yil oldingina tarqalishni boshlagan. Shu bilan birga, qahraboda topilgan gul bevosita Gondvanadagi o‘rmonda yoki surilgan plita yaqini o‘sgan.

«Bu parchalanish avvallari qilingan taxminlardan ancha keyinroq sodir bo‘lganini bildirishi mumkin», — deya ta’kidlaydi olimlar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)