Foto: president.gov.by
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hududiga Ukraina orqali tonnalab qurol olib kirgan terrorchilar qo‘lga olinganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus maxsus xizmatlari Nikolay Avtuxovichning "terrorchi guruhi"ni qo‘lga olgan. Lukashenkoning ta’kidlashicha, ular butun Belarus bo‘ylab teraktlar tayyorlagan.
"Yaqinda Avtuxovichning guruhini qo‘lga tushirdik. Ablahlar. Hozirda ularning barcha yo‘llarini fosh qildik. Ular Ukraina orqali tonnalab qurol tashigan. Butun mamlakat bo‘ylab teraktlar tayyorlagan va amalga oshirishni boshlagan. O‘zlari yonishdi. Chekistlar bu operatsiyani militsiya bilan birgalikda o‘tkazdi. Barakalla! Xudoga shukr, ular ushlandi", – dedi Lukashenko.
Uning ishontirishicha, chegara qattiq nazoratga olingan.
"Yana bir nechta guruhchalar bor. O‘zlarining ikki-uchta odamini bizga jo‘natishadi. Ukraina orqali. Polsha, Litva orqali qiyin – chegarani butkul yopdik. Hozirda Ukraina bilan chegarani ham yopdik, sichqon ham o‘tolmaydi. Ba’zan Rossiya orqali kirishadi, chegaramiz yo‘q. Ammo avvalgidek emas. Bu masalani qat’iy nazoratga olganmiz", – dedi Belarus prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi