23:30 / 26.12.2020
2 606

Olimlar koronavirusning «britancha shtammi» sabab o‘lim holatlari ortishi mumkinligidan ogohlantirdi

Olimlar koronavirusning «britancha shtammi» sabab o‘lim holatlari ortishi mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: AP Photo
SARS-CoV-2 koronavirusining Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi shtammi oldingi mutatsiyalardan ko‘ra ancha yuqumli bo‘lib, 2021 yilda kasallar va qurbonlar sonining ortishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda London gigiyena va tropik tibbiyot maktabining Yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi olimlariga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Olimlar matematik model yordamida koronavirusning VOC 202012/01 nomini olgan variantini boshqa shtammlar bilan taqqoslab ko‘rib, u 56 foizga yuqimliroq ekanligini aniqlagan. «Virusning yuqish ehtimolligi yuqoriligi kasallar sonining sezilarli darajada ortishicha olib kelishi mumkin, shu bilan birga, 2021 yilda kasalxonaga yotqiziladigan bemorlar va virus qurbonlari soni 2020 yildagiga qaraganda yuqori natijaga chiqadi», — deya ogohlantiradi olimlar.

Shuningdek, tadqiqot mualliflari hozircha yangi shtamm og‘irroq kasallanish holatini yuzaga keltirishiga aniq isbotlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Olimlarning hisoblashicha, Buyuk Britaniyaning mintaqaviy darajadagi cheklovlari virus tarqalishini to‘xtatib qolishga yordam bermaydi. Tadqiqot mualliflari noyabr oyida Angliyada joriy etilgan lokdaun kabi cheklovlar kasallar soni ortishi va uning tarqalishini kamaytirishga qodir emasligidan ogohlantirgan.

Buyuk Britaniya Jamoatchilik sog‘liqini saqlash xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2’ning yangi shtammi qirollikda noyabr oyidan buyon faol tarqalmoqda. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turdagi koronavirus avvalgilaridan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfli emas.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20 dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Hozirda tashkilot bu shtammni o‘rganmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusning «britancha shtammi» sabab o‘lim holatlari ortishi mumkinligidan ogohlantirdi