08:33 / 31.12.2020
4 248

Odamxo‘r qotil roli bilan tanilgan aktyor ichkilikni tashlash sirini ma’lum qildi

Odamxo‘r qotil roli bilan tanilgan aktyor ichkilikni tashlash sirini ma’lum qildi
Foto: «AP Photo / Richard Shotwell/Invision»
Amerikalik mashhur aktyor Entoni Xopkins Facebookdagi sahifasiga video joyladi: unda 45 yil davomida spirtli ichimlik iste’mol qilmayotgani munosabati bilan o‘zini o‘zi tabriklab, bunday muvaffaqiyatga qanday erishgani haqida so‘zlab berdi.

Xopkinsning so‘zlariga ko‘ra, hayotda shunday lahzalar bo‘ladiki, odam o‘ziga o‘zi quloq solishi kerak. Bu, ayniqsa, «xavotirli belgilar» paydo bo‘la boshlaganda kuzatiladi. 1975 yilda alkogoldan zaharlanib qolgandan so‘ng aktyor hammasini o‘zgartirishga ahd qilgan.

«Men «Yashashni xohlayman», dedim». Shunda yengillikni his qildim, hayotim yaxshi tomonga o‘zgara boshladi», — dedi u.
Xopkins shu yillar davomida ichkilik nafsiga qarshi kurashganini, ammo shirin hayoti uchun bir lahzaga bo‘lsa ham bo‘sh kelmaganini tan oldi.

Hozir aktyor 82 yoshda. 1975 yildan buyon mavhum ichkilikbozlar klubining a’zosi hisoblanadi.
U, ayniqsa, seriyali odamxo‘r qotil, doktor Gannibal Lektor roli bilan mashhurlikka erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Odamxo‘r qotil roli bilan tanilgan aktyor ichkilikni tashlash sirini ma’lum qildi