
Foto: Reuters
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «instagram» tarmog‘idagi eng mashhur shaxs bo‘lib turibdi. Portugaliyalik futbolchining ushbu tarmoqdagi obunachilari soni 250 mlnga yetdi va u bunday ko‘rsatkichga erishgan ilk kishiga aylandi.
Ronaldudan keyingi o‘rinlarni amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande (214 mln) va aktyor Dueyn «Skala» Jonson egallab turibdi.
Futbolchilardan «Barselona» sardori Lionel Messi 8-o‘rinni (175 mln), «PSJ» vingeri Neymar 13-pog‘onani (144 mln) egallagan. Shuningdek, top-50dan Angliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Devid Bekhem (65 mln, 39-o‘rin) ham o‘rin olgan.
Bundan tashqari Ronaldu 2020 yilda «instagram»da eng ko‘p «layk» olgan insondir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar