11:09 / 04.01.2021
2 999

AQSH rasmiylari COVID-19 ni tarqatgan ehtimoliy manba nomini aytdi

AQSH rasmiylari COVID-19 ni tarqatgan ehtimoliy manba nomini aytdi
Metyu Pottinger (chapda).
Foto: Daily Mail

Koronavirus infeksiyasi katta ehtimol bilan Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan sizib chiqqan — kasallik manbasi haqidagi taxminlar orasida eng ishonchga sazovori shu, deydi AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Metyu Pottinger.

«Laboratoriya virusning ehtimoliy manbasi ekanini tasdiqlovchi dalillar borgan sari ko‘payib bormoqda», — dedi Pottinger. Uning ta’kidlashicha, virus laboratoriyadan favqulodda hodisa sabab «qochib chiqqan» bo‘lishi mumkin. Biroq AQSH prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari o‘zining bu taxminini tasdiqlovchi biror dalilni taqdim etmagan.

Daily Mail nashrining aniqlik kiritishicha, Pottinger bu bayonotni koronavirus pandemiyasining kelib chiqish sabablarini o‘rganish maqsadida Uxanga uchib ketadigan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlarining tayyorgarligi bilan bog‘liq anjuman davomida bergan.

Konferensiya ishtirokchilaridan biri, konservatorlar partiyasining sobiq yetakchisi Ian Dunkan Smitning izohlashicha, Pottingerning bu bayonoti virus laboratoriyadagi sizish oqibatida paydo bo‘lgani haqidagi nazariya bo‘yicha AQSHning pozitsiyasi yanada «qat’iylashgani»ni bildiradi. Uning aytishicha, amerikaliklar bu ma’lumotni Uxandagi institutda ishlaydigan manbadan olgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil may oyi boshida bergan bayonotida Xitoy rasmiylarini kasallik tarqalishining boshlang‘ich davrida koronavirusga doir ma’lumotlarni yashirishda ayblagan edi. O‘shanda Amerika yetakchisi virus Uxandagi laboratoriyada sun’iy yaratilganini tasdiqlovchi dalillari borligi haqida gapirgan edi.

Biroq AQSH Davlat departamentining Razvedka va tadqiqotlar byurosi dalillar yo‘qligi uchun bu versiyani tasdiqlamagan. Xitoy esa Trampning ayblovlariga javoban koronavirus laboratoriyada o‘ylab topilganini rad etuvchi JSST xulosalarini ko‘rsatib o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH rasmiylari COVID-19 ni tarqatgan ehtimoliy manba nomini aytdi