
Foto: iStock
Ispaniya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlarni karantin qoidalariga zid ravishda 40 soatdan ko‘proq davom etgan birgina bazm tufayli kuchaytirdi.
The Local nashrining xabar berishicha, Barselonadan 30 km uzoqlikda joylashgan Linars-del-Vales aholi punktida 300 kishi Yangi yilni nishonlash maqsadida omborda yig‘ilgan.
Karantin qoidabuzarlarini tarqatish uchun voqea joyiga maxsus kuchlarning yuzlab xodimlari kelgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bazm vaqtida qo‘llangan qurilmalar musodara qilingan, bazm tashkilotchilari hibsga olingan, uning ishtirokchilari esa javobgarlikka tortiladi.
Jumladan, bazm ishtirokchilariga 3 ming yevrogacha, tashkilotchilariga esa 600 ming yevrogacha jarima solinishi mumkin.
Bazmdan keyin hukumat ko‘plab hududlar uchun, jumladan, odamlarning harakatlanishiga nisbatan qat’iyroq cheklovlar kiritilishini e’lon qilgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, aholi o‘z uyini ish yoki shifokor huzuriga borish uchungina tark eta oladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada kasallanish holatlari 1,9 mlndan, o‘lim holatlari esa 50 mingdan oshib ketdi. Mamlakat kasallanish holatlari soni bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinni egallamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar