
5 yanvar kuni Demokratik partiyadan bo‘lgan kongressmenlar Ted Lyu va Ketlin Rays Federal Qidiruv Byurosidan amaldagi prezident Donald Trampga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qilishdi.
Bunga Trampning Jorjiya davlat kotibi bilan 12 ming ovozni «topishga» chaqirgan suhbati haqidagi tarqalgan audiosi to‘g‘risidagi dalillar sabab bo‘lgan.
Tramp, shuningdek, Jorjiyadagi mag‘lubiyat shtatdagi ikki respublikachi senator Devid Purdyu va Kelli Loefflerning Senat saylovlarining yaqinlashib kelayotgan ikkinchi bosqichida imkoniyatlarini pasaytirishi mumkinligini ta’kidlagandi.
Shuningdek, AQSHning yangi saylangan vitse-prezidenti Kamala Xarris Trampni vakolatini suiiste’mol qilishda aybladi. «Ushbu yozib olingan suhbat haqida hammangiz eshitganmisiz? Bu, albatta, umidsizlikning ovozi ... Bu AQSH prezidenti tomonidan hokimiyatni ochiqdan-ochiq va jasorat bilan suiiste’mol qilish edi», - degan Xarris. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar