Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot poytaxt Jakartadan yo‘lga chiqqach, parvozni boshlaganidan 1 daqiqa-yu 9 soniya o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan.
SJ 182 reysi bilan uchgan samolyot bortida 62 yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda. Ulardan yetti nafari bolalar, shuningdek, ikki nafari chaqaloq bo‘lgan. Radarlardan yo‘qolib qolgan samolyot Boeing 737-500 bo‘lgan va u Pontianak shahri tomon yo‘l olgan. Internetda reysda bo‘lgan yo‘lovchilarniki ekani aytilayotgan ro‘yxat paydo bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Boeing 737-500 samolyoti halokatga uchragan. Samolyot 3 ming metr balandlikka ko‘tarilgan vaqtda radarlardan yo‘qolib qolgan va Langkang oroli yaqinidagi suvga qulagan. Hozirda halokat sodir bo‘lgani taxmin qilinayotgan suvlikda qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Internetda Boeing 737 samolyotining bo‘laklari topilgani haqida ko‘plab videolar tarqaldi. Aviakompaniya voqea tafsilotlari haqida ma’lumot bergani yo‘q.
Voqeaga guvoh bo‘lgan baliqchilar havoda ikki marta portlash sodir bo‘lganini ko‘rgan. Qutqaruv operatsiyasi davomida suvda samolyot va odam tanasining bo‘laklari topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi