15:10 / 10.01.2021
2 079

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi va referendum bo‘lib o‘tmoqda

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi va referendum bo‘lib o‘tmoqda
Qirg‘izistonda muddatidan avvalgi prezident saylovlari va referendum boshlandi. Referendum prezidentlik yoki parlament boshqaruvidan birini tanlash imkonini beradi. Bu haqda Saylov va referendumlar bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda 2420 saylov uchastkasi ochildi, prezident saylovlari har qanday davomatda haqiqiy deb topiladi va referendum uchun bu miqdor 30 foizdan oshishi kerak. Ovozlarning yarmidan ko‘pini to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi. Agar davlat rahbari lavozimiga da’vogarlarning hech biri 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmasa, ikkinchi bosqichga o‘tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning avvalgi saylangan prezidenti Sooranbay Jeenbekov namoyishlar fonida o‘tgan yil oktabrda iste’foga chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi va referendum bo‘lib o‘tmoqda