Foto: «Swissinfo»
Shveysariya armiyasi 12 ming harbiy xizmatga chaqiriluvchini jalb qildi, ammo karantin cheklovlari tufayli ularning yarmi onlayn tarzda tayyorgarlikdan o‘tadigan bo‘lishdi, deya xabar berdi «Swissinfo».
18 yanvardan 8 fevralgacha harbiy xizmatga chaqirilganlar kuniga olti soatdan nazariyani o‘zlashtirishadi, haftasiga to‘rt soatdan jismoniy mashqlarni bajarishadi. Masofaviy guruhga yordam berish uchun maxsus mobil ilova yo‘lga qo‘yiladi.
Uch haftadan so‘ng harbiy xizmatga yangi chaqirilganlar boshqa askarlarga qo‘shilishlari mumkin, faqat avval koronavirusga test topshirishlariga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Shveysariyada 19 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun harbiy xizmat majburiy hisoblanadi. Ayollar esa armiyaga o‘z xohishlari bilan yozilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"