13:16 / 13.01.2021
2 101

Xitoy hukumati «Alibaba» va «AliExpress»ni qo‘lga kiritmoqchi

Xitoy hukumati «Alibaba»  va «AliExpress»ni qo‘lga kiritmoqchi
Foto: «Ferra.ru»
Oxirgi ikki oy davomida «Alibaba» va «AliExpress» asoschisi Jek Ma jamoatchilikka ko‘rinish bergani yo‘q. Jurnalistlar ayni holatni uning Xitoy kommunistik partiyasi tanqid qilingan chiqishi bilan bog‘lashmoqda.

Endi esa mamlakat hukumati tadbirkorning kompaniyalarini milliylashtirish payiga tushgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

«International Business Times» yozishicha, hukumat «monopoliyaga qarshi ish» yanada kuchaytirilishi istagida. «Alibaba»ning Xitoy hukumati qo‘liga o‘tishi bu boradagi dastlabki qadamlardan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, tergov organlari o‘z ofislarini 2020 yilning noyabrida kompaniya shtab-kvartirasiga ko‘chirib o‘tkazishgan. Internetda urchigan xabarlarga ko‘ra, Xitoy hukumati «Tencent» («WeChat» egasi) va «Meituan» kompaniyalari jilovini ham o‘z qo‘liga olish payida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy hukumati «Alibaba» va «AliExpress»ni qo‘lga kiritmoqchi