Foto: «RIA Novosti» / Yuri Ratas.
Estoniya bosh vaziri Yuri Ratas korrupsiya mojarosi ortidan iste’foga chiqishga qaror qildi. «To‘rt yil Estoniyaga, fuqarolarning turmushi yaxshilanishi, mamlakatning xalqaro nufuzi mustahkamlanishi yo‘lida xizmat qildim. Biroq siyosatda murakkab vaziyatlardan chiqish uchun juda og‘ir tanlovlarga ham to‘g‘ri keladi. Siyosatchi bunga tayyor bo‘lishi shart», — deya o‘z iste’fosini izohladi Ratas.
Ratas bugun, chorshanba kuni iste’foga chiqarishni so‘rab yozgan arizasini mamlakat prezidenti Kersti Kalyulaydga topshirishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, prokuratura partiyani korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilgan ma’lumotlar e’lon qilinishi aynan kimningdir aybdorligini anglatmaydi, biroq voqeaga daxldor barchaga jiddiy soya soladi.
Yuri Ratas — mamlakatdagi yetakchi Markaz partiyasining rahbari. Kecha, seshanba kuni yuridik shaxs sifatida partiyaga hamda besh nafar jismoniy shaxsga nisbatan korrupsiyaga daxldorlik bo‘yicha ayblov e’lon qilingandi.
Prokuraturaga ko‘ra, tadbirkor Xillar Teder va partiya bosh kotibi Mixail Korb mahalliy saylovlar arafasida Teder partiyaga million yevrogacha xayriya qilishiga kelishib olgan. Evaziga Tederga qarashli «Porto Franco» firmasi 40 million yevro kreditni qo‘lga kiritgan. Partiya uchun 30 000 yevrodan ikkita transh amalga oshgan, hukumat esa kredit berishni tasdiqlagan.
Ushbu ish bo‘yicha gumondor to‘rt shaxs qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi