Bugungi kunga kelib, global isishning zararli ta’siri ma’lum, ammo harorat o‘zgarishi sayyoramiz hayotiga ta’sir o‘tkazadigan yagona omil emas. Ispaniyaning Geologiya va konchilik instituti mutaxassislari 2040 yilda yerning kelajagi haqidagi tasavvurlarini keng ommaga namoyish etishdi.
Aytilishicha,asosiy muammolardan biri tuproqning cho‘kishi bilan bog‘liq. Bu minerallarni qazib olish bilan bir qatorda ba’zi tabiiy jarayonlar buning sababi etib ko‘rsatilgan. Keyingi ikki o‘n yillikda, agar bu kabi holatlarga o‘zgarish kiritilmasa, 12 million kv.km quruqlik dengiz sathi tubida qolib ketadi. Xavf Afrika, Janubiy Amerika va Osiyoga eng ko‘p ta’sir qiladi.
Umuman olganda, AQSH yerlariga teng bo‘lgan katta maydon suv ostida qoladi. 1,2 milliard odam hayoti xavf ostida qoladi yoki o‘zlariga yangi manzil izlashga majbur bo‘lishi mumkin. Olimlar hokimiyatni tuproqning cho‘kishini to‘xtatish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni qonunchilik darajasida amalga oshirishni talab qilishmoqda.
Ushbu asrning oxiriga kelib o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 3,2 darajaga ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, agar pandemiyadan keyin chiqindilar miqdorini 25 foizga kamaytirish mumkin bo‘lsa, unda harorat 2 darajaga ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi