Foto: Mixail Golenkov
Rossiyada migrantlar uchun kvotalarni taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar to‘g‘risida qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, hukumat kvotalarni to‘g‘rilash qoidalarini tasdiqlashi mumkin. Hujjat 14 yanvarda kuchga kirdi va "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
Rossiya Federatsiyasida ruxsat berish kvotalari hududlarda tashkil etilgan komissiyalar tomonidan taqsimlanadi, kvotalarni taqsimlash tartibi esa hukumat tomonidan belgilanadi.
Yangi yondashuv ma’lum bir mintaqadagi migratsiya holatini, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish uchun asoslar mavjudligi yoki yo‘qligini hisobga olgan holda kvotani chet elliklar o‘rtasida taqsimlashga imkon beradi.
Bundan tashqari, qonunda RF Ichki ishlar vazirligining vakolatlari aniqlashtirildi: vazirlik ruxsatnoma berish tartibini, migrantlardan tegishli ariza shakllari va kerakli hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi