2 373
Qurollangan amerikaliklar to‘rtta shtatdagi parlament binolari qarshisida to‘plandi (video)
Foto: The New York Times
Qurollangan norozilik namoyishi ishtirokchilari Ogayo, Texas, Oregon va Michigan shtatlaridagi Kapitoliy binosi qarshisida to‘plandi, deb xabar beradi The New York Times. Michigan shtatidagi bino oldida o‘nlab qurollangan fuqarolar yig‘ilgan.
16 yanvar kuni Vashington politsiyasi AQSH Kongressi binosiga bostirib kirishga uringan qurollangan erkakni qo‘lga olgan edi. Qo‘lga olingan shaxs Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi Uesli Alan Biler bo‘lib chiqqan. U avtomobilida Kapitoliy oldidagi nazorat-o‘tkazish punktiga kelgan, biroq uning hududga kirish ruxsatnomasi haqiqiy bo‘lib chiqmagan. Politsiyachilar uning pistoleti va 500 dan ortiq patronlarini olib qo‘ygan. Natijada erkak ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlagani uchun hibsga olingan.
Venimos en paz y bien armados ??
— José Díaz ??México esta de luto (@JJDiazMachuca) January 17, 2021
Armados hasta los dientes y dicen: Si continúas oprimiendo al pueblo estadounidense, dejará de ser racional". #Lansing #Michigan #Capitol pic.twitter.com/I9hDbvzp46
AQSHning saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi oldidan Vashingtonda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. Mamlakat Milliy gvardiyasi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Baydenning inauguratsiya vaqtida Vashingtonga 25 mingga yaqin Milliy gvardiya harbiylari jalb etiladi.
Avvalroq AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) Amerikaning barcha shtatlari markazlari va Vashingtonda 16—20 yanvar kunlari qurolli noroziliklar rejalashtirilayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari 6 yanvar kuni Kapitoliyga bostirib kirgan edi — bu vaqtda Kongressning har ikkala palatasi noyabrda o‘tgan prezident saylovi yakunlarini (unda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozongan) tasdiqlayotgan edi. Tartibsizliklar davomida besh kishi, jumladan, Kapitoliy politsiyasining bir xodimi halok bo‘lgan. Tramp bu tartibsizliklarni, ular o‘z tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qoralab, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishini ta’kidlagan edi.
Huquq-tartibot organlarining shturm vaqtidagi xatti-harakatlari jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi, xususan, Kongress quyi palatasi spikeri Nensi Pelosi ham ularni keskin tanqid qildi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar yuz berishidan bir necha kun avval Kapitoliy politsiyasiga ko‘mak sifatida Milliy gvardiya jangchilari va FQB agentlarini ajratish taklif qilingan, biroq politsiya bu imkoniyatdan foydalanmagan. Tartibsizliklardan so‘ng Kapitoliy politsiyasi rahbari iste’fo berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?