Foto: EPA/Vostock-photo
Xitoyda kecha, 18 yanvar sanasida COVID-19 koronavirusini yuqtirish bo‘yicha 118 ta yangi holat qayd etildi, kasallanishlarning 106 tasi mamlakat ichkarisida kuzatilgan. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga asoslanib «Interfax» xabar berdi.
Kecha koronavirus oqibatida o‘lim holatlari qayd etilmagan. O‘tgan yakshanba kuni mamlakatda 109 kishida koronavirus topilgandi.
Xitoyning shimoli-sharqidagi Szilin viloyati dushanba kuni koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylandi — shu kuni 43 nafar, bir kun avval 30 nafar yangi kovid-bemor aniqlandi.
Bungacha og‘irroq vaziyat mamlakat sharqidagi Xebey viloyatida yuzaga kelgandi. Kecha bu yerda 35 ta kovid-holat ro‘yxatga olindi. Pekin shahri Xebey hududida joylashgani bois ushbu viloyat tumanlarida yashovchilarga poytaxtga kirish taqiqlab qo‘yilgan.
Koronavirus pandemiyasi davrida Xitoyda jami 88 454 ta holat qayd etilgan, vafot etganlar — 4 635, sog‘ayganlar — 82,4 ming nafardan ziyod. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi