Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti, demokrat Jozef Bayden migratsiya sohasini isloh qilish bo‘yicha 20 yanvar kuni Kongressga qonunchilik takliflarini taqdim etadi. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, Bayden inauguratsiya kunining o‘zida migratsiya qonunchiligini keng qamrovli isloh qiladi. Huquqiy maqomga ega bo‘lmagan migrantlar uchun fuqarolikni olishning sakkiz yillik muddatini joriy etish, shuningdek, qochqinlarni qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Taklif etilayotgan paket, shuningdek, Markaziy Amerikadan migratsiya oqimining sabablarini yo‘q qilishga qaratilgan.
Sakkiz yillik rejaga ko‘ra, millionlab ish izlovchilar besh yil muddatga vaqtinchalik maqomga ega bo‘ladi, keyin xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tib, soliqlarni to‘lagan taqdirda Green Card olish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu shartlarga amal qilingan taqdirda uch yildan so‘ng fuqarolik olish uchun murojaat qilishga ruxsat beriladi.
Yangi qoidalar faqat 2021 yil 1 yanvardan AQSHda bo‘lgan nomzodlarga nisbatan qo‘llaniladi. Migrantlar bolalarini himoya qilish dasturi DACA (Deferred Action for Childhood Arrivals) ishtirokchilari va tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan mamlakatlardan kelganlar darhol Green Card ariza berishlari mumkin.
DACA dasturi 2012 yilda prezident Barak Obama davrida yo‘lga qo‘yilgan. U bolalik paytidan AQSHga olib kelingan va hech qachon qonuniy immigratsion maqomiga ega bo‘lmagan 800 mingga yaqin odamni qamrab oladi. U bunday odamlarga deportatsiyadan vaqtincha himoyalanish va AQSHda ishlash uchun ruxsat olish imkoniyatini beradi.
2017 yil sentabr oyida prezident Donald Tramp administratsiyasi ushbu dasturni bekor qilgandi. Uning bunday qaroriga qarshi 15 shtat da’vo kiritgan, yirik shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?