Sadir Japarov boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati mamlakatdagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi Talant Mamitovning rasmiy veb-saytida xabar berilgan.
Mamitov Japarovning iste’fo to‘g‘risidagi bayonotini qabul qildi va amaldagi hukumatni iste’foga chiqqan deb tan oldi. Shu bilan birga, Qirg‘iziston qonunchiligiga binoan Vazirlar Mahkamasi a’zolari yangi hukumat tuzilgunga qadar o‘z vazifalarini bajaradilar.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Sadir Japarov qariyb 80 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi