Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining Twitterdagi sahifasida yangi tanlov e’lon qildi.Tanlov shartlariga ko‘ra, karbonat angidrid gazini olish va saqlash uchun eng yaxshi texnologiyani ixtiro etgan kishiga 100 million dollar to‘lashni va’da qilgan.
«Men eng yaxshi uglerodni tortib olish texnologiyasi ixtirosi uchun mukofot sifatida 100 million dollar sarmoya ajrataman», deb yozgan Mask. Shuningdek, u taklif tafsilotlarini kelasi hafta oshkor qilishga va’da bergan.
Karbonat angidrid gazini olish va saqlash deganda, karbonat angidrid gazini sanoat va energiya manbalaridan ajratish va atmosferadan uzoq muddatli izolyatsiyani o‘z ichiga olgan jarayon tushuniladi. Ushbu jarayonning maqsadi global isish va atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashdir.
Eslatib o‘tamiz, Tesla va SpaceX kompaniyalarining bosh ijrochi direktori Ilon Mask Xan akademiyasi o‘quvchilari uchun bepul ta’lim platformasiga 5 million dollar sarmoya ajratgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi