1 877
Avstraliyada «pokrishka»ni qizdirmoqchi bo‘lgan erkak o‘zining Mercedes-AMG’sini yoqib yubordi (video)
Internetda Mercedes-AMG C63 S egasi avtomobili shinasini joyida turgan holda qizdirib, tutatishga uringani tasvirlangan video tarqaldi. Biroq bu kutilganidek natija bermagan va sport kupesi yonib ketgan, deb yozadi Motor.
Ko‘ngilsiz hodisa Avstraliyaning Janubiy Uels shtatidagi to‘yda sodir bo‘lgan. Qora Mercedes-AMG C 63 S egasi to‘plangan mehmonlar qarshisida ajoyib «bernaut» uyushtirishga qaror qilgan, biroq noto‘g‘ri harakat sabab mashina yonib ketgan.
Marosimga tashrif buyurgan hech kimga, jumladan, haydovchiga ham jarohat yetmagan. Biroq olov yo‘lning harakatlanish qismiga ham o‘tib, atrofdagi avtomobillarga ham shikast yetkazishiga bir baxya qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish xizmati xodimlari olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq Mercedes’ni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Natijada omadsiz urinish sabab kupe to‘liq yonib ketgan.
Sportkar egasining omadsizligi shu bilan tugamagan. Politsiya xodimlari undan yong‘in nima sababdan yuzaga kelganini so‘rashganida erkak harakat vaqtida yonib ketdi degan. U sug‘urtadan foydalanish uchun shunday javob bergan. Biroq keyinroq politsiyachilar sportkar egasi yolg‘on so‘zlaganini isbotlovchi bir nechta videoroliklarni topib olgan. Endilikda 510 ot kuchiga ega bo‘lgan Mercedes-AMG C63 S egasini sud kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi