Foto: Reuters
Amerikalik senatorlar fevralda AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning impichmentiga oid masalani ko‘rib chiqishga kirishadi. Bu haqda Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumerga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
«Vakillar palatasi menejerlari ham, himoyada ham oldingi sud jarayonlaridagi kabi o‘zlarining yuridik qaydlarini tuzib olishga vaqt bo‘ladi… Qisqa hisobotlar tayyor bo‘lgach, tomonlar 8 fevraldan boshlab chiqish qiladi», — deydi Shumer.
Trampga qarshi ayblovlar keltirilgan moddalar Vakillar palatasi tomonidan Senatga 25 yanvar kuni topshiriladi. Shumerning Senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell bilan kelishuviga ko‘ra, ular 25 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 da o‘qib eshittiriladi. Senatorlar 26 yanvar kuni qasamyod qabul qiladi, Trampga esa chaqiriq qog‘ozi yuboriladi.
Qonunga ko‘ra, AQSH senati impichment borasidagi ishni yakshanbadan tashqari har kuni, boshqa masalalarga chalg‘imagan holda ko‘rib chiqishi kerak. Shunday qilib, impichment jarayonining zudlik bilan boshlanishi prezident Jo Bayden tomonidan hukumat lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlarning senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini kechiktiradi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Vakillar palatasi 13 yanvar kuni Trampga impichment e’lon qilgandi. Uni hokimiyatdan chetlatish to‘g‘risidagi rezolyutsiya kongressmenlarning 232 nafari, shu jumladan 10 nafar respublikachi ham ovoz bergan. Yana 197 kishi Trampning chetlatilishiga qarshi chiqdi.
Bu AQSH tarixida birinchi marta prezidentga ikki marta impichment e’lon qilinishi. Vakillar Palatasi Trampga 2019 yil dekabrida impichment e’lon qilgandi. Ammo unga qarshi ayblovlarni Senatda ko‘rib chiqishning navbatdagi bosqichida u oqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi