Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga hukumat odamlarni COVID-19 tarqalishini to‘xtatish maqsadida behudaga tashqariga chiqishlardan cheklanishga chaqirganiga qaramay u a’zo bo‘lgan hukmron koalitsiya yuristlari tungi klublarga tashrif buyurgani uchun aholidan kechirim so‘radi.
Tanqidchilar tili bilan aytganda «pandemiyaning oldini olishga qaratilgan harakatlarda sustkashligi sabab obro‘si tushib borayotgan» Suga uchun bu bir ortiqcha boshog‘riq bo‘lgan.
«Men odamlarning kechki soat sakkizdan keyin uydan tashqarida chiqmasliklarini va muhim bo‘lmagan, shoshilinch chiqishlardan qochishlarini so‘raganimda, bu kabi voqea sodir bo‘lishi afsuslanarli», - degan Suga parlamentda.
Yaponiya COVID-19 holatlarining keskin o‘sishini to‘xtatish uchun Tokio va boshqa hududlarda favqulodda holat e’lon qilgan. Ushbu chora restoran va barlarni soat 20.00 gacha yopish to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga oladi, ammo hozirda talablarni buzganlik uchun jarimalar joriy etilmagan.
Hozirda mamlakat shifoxonalarida joy yetishmasligi sababidan 35000 dan ortiq odam uy sharoitida davolanishga majbur. 25 kishi uy sharoitida kasallik zo‘rayishi oqibatida vafot etgan.
Yaponiyada ayni paytga kelib, 373 mingdan oshiq bemor qayd etilgan, ulardan 300 mingdan ortig‘i sog‘aygan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"