23:45 / 03.02.2021
2 653

Janob Bin qanday qilib uchuvchiga aylangan va oilasini halokatdan saqlab qolgan?

Janob Bin qanday qilib uchuvchiga aylangan va oilasini halokatdan saqlab qolgan?
Foto: «Domashniy ochag»
Rouen Sebastyan Atkinson − taniqli britaniyalik aktyor «Janob Bin» teleserialida besh yil davomida rol ijro etgan. Ushbu sitkom janridagi serial britaniyalik sodda inson haqida bo‘lib, u o‘zining noodatiy xulq-atvori, o‘ziga haddan ortiq ishonishi va asabiyligi tufayli ham bir qancha yoqimsiz voqealarga duch keladi. Eng qizig‘i, butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan serialning birinchi ssenariysini Atkinsonning o‘zi yozgan.

Serialda janob Bin ajablanarli darajada o‘zi yaratgan hayotning eng qiyin notinchliklaridan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Ko‘rinishidan, aktyor qisman bo‘lsa-da o‘z qahramonining fe’l-atvoriga o‘xshash. Masalan, Atkinson o‘zining sevimli mashinasining birida ikki marta halokatga uchragan. Ikkinchi marotaba mashina shu qadar jiddiy shikastlanganki, uni ta’mirlash uchun bir yil vaqt ketgan.

Foto: «Domashniy ochag»
Shunga o‘xshash yana bir voqea 2001 yilda, bahorda sodir bo‘lgan. Komik aktyor oilasi bilan Mombasda ta’tilni o‘tkazishga borgan. Keniyaning hayoti va tarixi bilan tanishishni istagan Atkinson ikki farzandi bilan kichik Kessna samolyotida Nayrobiga yo‘l olgan.

Foto: «afisha.ru»
O‘sha vaqtda aktyorning turmush o‘rtog‘i Sunetra Shastri uchuvchi bilan suhbatlashish chog‘ida uning jim bo‘lib qolganini payqagan. Uchuvchini turtib ko‘rganida uning hushidan ayrilganini bilgan. Bularning barchasi 5000 kilometr balandlikda sodir bo‘layotgan edi. Vaziyat yanada murakkablashgan, chunki kichik yo‘nalishlar uchun samolyot yetkazib bergan kompaniya ikkinchi darajali uchuvchi bilan ta’minlamaydi.

Foto: «Domashniy ochag»
Atkinson zudlik bilan boshqaruvni qo‘liga olgan va samolyotni gorizontal holatda ushlab turishga harakat qilgan. Bu vaqt davomida uning rafiqasi va bolalari uchuvchini o‘ziga keltirishga uringan. Ammo barchasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan − uchuvchi o‘ziga kelmagan.

Foto: «afisha.ru»
Parvoz davom etmoqda... Ammo butun oila xavf ostida qolgan. Aktyor yanada qattiqroq harakat qilishga uringan. U samolyotni qo‘ndira olmasligini bilgan. Aktyor nafaqat o‘zi, balki rafiqasi hamda bolalari baxtsiz hodisa xavfi ostida qolayotgan edi.

Foto: «afisha.ru»
Shunda Atkinson bir qo‘li bilan boshqaruvni, ikkinchi qo‘li bilan uchuvchining yuziga ura boshlagan. Yaxshiyamki, oxirgi chora yordam berib, uchuvchining o‘ziga kelishiga sabab bo‘lgan. Natijada boshqaruv o‘z egasiga qaytgan. Oradagi ushbu qo‘rqinchli voqeani hisobga olmaganda, aktyor oilasi bilan eson-omon Nayrobiga yetib kelgan.

Foto: «afisha.ru»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janob Bin qanday qilib uchuvchiga aylangan va oilasini halokatdan saqlab qolgan?